Nukus shahridagi 46 ta mahallada umuman jinoyat sodir etilmadi

Jamiyat

nukus_sha_ridagi_46_ta_ma_allada_umuman_zhinoyat_sodir_etilm

O‘zbekistonda jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, joriy yil boshidan Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlangan edi.

O‘tgan yanvar-fevral oylarida ushbu kursning ilk tinglovchilari kurslarni tamomlab, o‘qish davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashmoqda. Mart oyida ham mazkur kurslarda ishtirok etgan tinglovchilar sertifikatlar hamda faollik ko‘rsatganlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan xodimlar tomonidan “huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilishga moyil”, deb gumon qilingan shaxslarni Ichki ishlar bo‘limlariga olib kelinishi, tungi vaqtlarda ko‘chalarda maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijasida Nukus shahrida umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 19 foizga kamayishiga erishilgan. Jami 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 46 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan.

Ayni paytda o‘quv-amaliy kursining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar