AQSH razvedkasi Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqchi

Olam

image

AQSH razvedkasi Kim Chen Inning jarrohlik amaliyotidan so‘ng sog‘lig‘ining yomonlashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganmoqda. Bunga sabab Shimoliy Koreya rahbari mamlakatdagi eng nufuzli marosimda qatnashmagani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, KXDR yetakchisi 15 aprel kuni Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan marosimda birinchi marta ishtirok etmadi. Ushbu marosim mamlakatdagi eng nufuzli tadbir bo‘lib, mamlakat aholisi ushbu kunda bayram tantanalarida ishtirok etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi marta Kim Chen In joriy yilning 11 aprel kuni Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining yig‘ilishida ko‘rinish bergan.

“Kim Chen Inning holati haqida turli xil ma’lumotlar mavjud. Agar ular tasdiqlansa, 15 aprel kuni uning yo‘qligi tushunarli bo‘ladi”, deydi Bryus Klingner, Markaziy razvedka boshqarmasining Shimoliy Koreyadagi sobiq xodimi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbarining uzoq vaqt mobaynida “yo‘qolib qolishi“ ilgari ham sodir bo‘lgan. Jumladan, 2014 yilda bir oy davomida uni ommaga ko‘rinmagani uning sog‘lig‘i haqida ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqardi. Keyin, Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In oyoq bilagi operatsiyadan so‘ng tiklanayotgani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing