Farhod Abdullayev og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli teatr va kino aktyori Farhod Abdullayevning onasi vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 

"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayevga volidai muhtaramalarining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qilamiz", deyiladi agentlikning xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Farhod Abdullayev 1957 yil 1 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ko‘p yillardan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.

Aktyor ijodi davomida “Olovli yo‘llar”, “Bomba”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “O‘rtoq Boykenjayev”, “Sevinch”, “Chashma”, “Jannat qaydadir”, “Afg‘on”, “Zarb”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on”, “Erkak” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rol ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aktyor Adiz Rajabovning onasi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

judolik Farhod Abdullaev ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing