Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi to‘liq tuzaldi

Olam

image

Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni kundan-kun kamayib bormoqda. Bugunga kelib 5120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. Infeksiya yuqtirib olganlarning 90 foizi to‘liq tuzalgan. Bu haqda XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronovirusga chalinganlar soni 81 093 kishiga yetdi. Ulardan 72 703 kishi shifo topib, kasalxonalardan chiqarildi. Bu bemorlarning 89,65 foizini tashkil etadi. 

Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasidan tashqari, butun Xitoy bo‘ylab 13 293 ta infeksiya yuqtirish holati qayd etildi. Bemorlardan 117 nafari, ya’ni 0,88 foizi halok bo‘ldi. Kasallik markazi Xubey provinsiyasida 67 800 kishi koronavirus yuqtirib oldi. Ulardan 3153 nafari, ya’ni 4,65 foizi hayotdan ko‘z yumdi.

Shu bilan birga, Uxan shahrida o‘lim darajasi 5 foizni tashkil etdi. Koronavirus, umumiy hisobda, Xitoyning 3270 fuqarosini hayotdan olib ketdi. Bu o‘lim darajasi o‘rtacha 4 foizni tashkil etganini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing