{a1ead2b1} {af8e262c}a Xudoyberdiyeva {477efba4} ijod maktabining {ff40f86a} {a223855f} qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 19 fevraldagi Sirdaryo viloyatiga tashrifida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. 

Bugun Guliston shahrida ana shu maktab binosiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ham ishtirok etdi. Bu haqda Xalq so’zi nashri xabar berdi.

Joriy yilning 25 avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur o‘quv muassasasida 150 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishi mo‘ljallanmoqda. Qurilishning loyiha taklifiga ko‘ra, maktab umumiy ko‘rinishi ezgulik, orzu-umidlar, tinchlik ramzi- parvozdagi laylakni eslatuvchi muhtasham va betakror me’moriy yechimdagi binoga ega bo‘ladi.Unda o‘zbek xalqining sevimli shoirasining hayoti va ijodiga oid muzey ham joy olishi belgilangan.

Maktab qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda shoiraning singlisi, Xovos tumanidagi 23-maktab o‘qituvchisi Rahima Xudoyberdiyeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaga ko‘rsatilgan yuksak izzat-ehtirom uchun ijodkorning oila a’zolari nomidan cheksiz minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

alima Xudoyberdieva

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar