O‘zbekiston Rossiyadan vaksina sotib olish bo‘yicha 2 haftadan so‘ng qaror qabul qilishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyada tayyorlangan koronavirus “Sputnik V” vaksinasini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz hammamiz tushunib turibmizki, koronavirusga qarshi kurashda bizga jamoaviy immunitet yoki vaksina kerak. Shuning uchun, SSV va Hukumat emlash ustida ish olib boryapti”, degan Yusupaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qator davlatlar, jumladan, Xitoy O‘zbekistonga vaksina sinovining uchinchi bosqichida ishtirok etish taklifini bildirgan.

“Hozir hamkasblar uchinchi bosqich klinik sinovida ishtirok etish yoki barcha sinovlar muvaffaqiyatli tugagach, vaksinani sotib olish masalasini ko‘rib chiqyapti.

Biz rossiya vaksinasini ham ko‘rib chiqmoqdamiz. Bilamiz, Rossiyada u ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tyapti. Biz aholini emlash uchun preparatlarni o‘z vaqtida sotib olishga tayyormiz, emlashning xavfsizligi va samaradorligi katta ahamiyatga ega”, degan Bahodir Yusupaliyev.

Vazir o‘rinbosari “Sputnik V” vaksinasini sotib olish bo‘yicha mutaxassislar va Hukumat darajasida muhokamalar davom etyapti. Ikki haftadan keyin qaror qabul qilinishi mumkin.

Yusupaliyev Hukumat vaksina sotib olish uchun mablag‘ ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ham qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing