COVID-19 yozda yo‘qoladimi? Xitoylik mutaxassis javob berdi

Salomatlik

image

COVID-19 koronavirus infeksiyasi yozda ham muammo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pekin universiteti birinchi shifoxonasi mutaxassisi Van Guysya ma’lum qildi. 

“Koronavirusning yangi turi 30 minutdan keyin 56 daraja haroratda o‘ladi, ammo yozda havo unchalik isib ketmaydi. Hozirgi global epidemik vaziyatga ko‘ra, yozda ham, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari sezilarli darajada kamayishi dargumon“, deydi Van Guysya

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar hali ham butun dunyo COVID-19 bilan uzoq vaqt kurashishi ehtimolini istisno eta olmaydi. Kuzda yoki qishda havoning to‘g‘ri aylanishi yetarli bo‘lmagan gavjum joylarda epidemiyaning ikkinchi marta avj olishi mumkin.

Xitoy mutaxassisi COVID-19 kasalligini yengish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi. U hech bir davlat bu borada orqada qolmasa, dunyo virusga qarshi kurashda g‘alaba qozonishini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 064 894 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 922 409 nafari sog‘aygan, 211 609 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 930 876 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus dunyoda

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing