Namanganda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida bir kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Namanganda 52 yoshli erkak yo‘l-transprt hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH joriy yilning 2 yanvar kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan o‘tgan 4R-117 “To‘raqrg‘on-Namangan-Chortoq-Laskidon” avtomobil yo‘lining 45-kmda yuz bergan. Haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan  M.B. Lacetti rusumli avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ng qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan S.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.R. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Namangan

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing