Toshkentda zavod omborxonasida yong‘in kelib chiqqan

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan “Agregat” AJ zavodi hududida ijarada ishlayotgan devor uchun gul qog‘ozlar ishlab chiqarish sexining yarim tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatda omborning yarim tayyor mahsulotlari qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inni kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing