O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 17 mingga yaqinlashdi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
7503Bugun, 20 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 214 nafarga oshib, 16 966 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlar:
34 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
32 nafari Andijon viloyatida;
26 nafari Namangan viloyatida;
21 nafari Sirdaryo viloyatida;
11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
9 nafari Jizzax viloyatida;
5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi