Yana bir davlatda koronavirus, Turkiyada zilzila – voqea-hodisalarning qisqa dayjesti 

Jamiyat

image

Jahon yangiliklari

Xitoy. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinish holati mamlakatning 31 provinsiyasida 78 064 tani tashkil etmoqda. 29 745 kishi davolanib, shifoxonalardan chiqqan. 2 715 kishi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.  

Germaniya. Mamlakat g‘arbidagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida ilk koronavirusga chalinish holati kuzatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, virusni Zelfkant kommunasidagi er-xotin yuqtirib olgan. Ularning yoshi 50 da ekanligi aytilmoqda.

Turkiya. Mamlakat sharqida magnitudasi 5,0 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan 23:03 da (Toshkent vaqti bilan 4:03) yuz berdi. Zilzila markazi Malatya shahridan 40 km. Sharqda qayd etildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot mavjud emas.

AQSH. Qo‘shma Shtatlarning Arkanzas shtatida istiqomat qiluvchi erkak kishi Pentagon binosi oldida avtomobilni portlatishga harakat qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumondorning ismi Mettyu Richardson bo‘lib, uning yoshi 19 da. Uni 25 fevral kuni Pentagon yaqinidagi avtoturargohda ushlashgan. 

Futbol

25 fevral oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan o‘yinlarning dastalbki bahslari bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni Germaniyaning “Bavariya” klubi Angliyaning “Chelsi” jamoasi uyida mehmon bo‘ldi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi -  0:3.

Ikkinchi uchrashuvda esa Italiyaning “Napoli” jamoasi Ispaniyaning “Barselona”si bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Juftliklardagi javob o‘yinlari 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing