Tojikiston Google’ga soliq joriy etmoqchi

Olam

image

Tojikiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi mamlakat parlamentiga takliflar tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, tojiklarga internet xizmatlarini taqdim etadigan xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tishi va soliq to‘lashlari kerak. Bu haqda kecha, 13 fevral kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi rahbari Nusratullo Davlatzoda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, internet orqali tojikistonliklarga ko‘p pullik xizmatlar ko‘rsatilmoqda: elektron o‘yinlar, filmlar, kitoblar, musiqa, aviachiptalarni sotish, mehmonxonalarni ijaraga berish va boshqalar. Asosan, bunday xizmatlar "ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikning nomukammalligini hisobga olgan holda, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tmagan va shu sababli soliq to‘lamaydigan xorijiy kompaniyalar hususan Google tomonidan ko‘rsatiladi".

Tojikiston soliq qo‘mitasi rahbarining ta’kidlashicha, Rossiyada 2016 yilda qonunchilik darajasida Google, Apple, Microsoft, Facebook va boshqa global internet kompaniyalarining pullik xizmatlariga QQS kiritilgan. Shu bilan birga, 2019 yil 9 oyi davomida mamlakat byudjetiga qariyb 60 milliard rubl kelib tushgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing