Ertaga Sergelidagi 300 ta xonadon gazdan uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 26 noyabr kuni Sergeli tumanida qariyb 300 ta xonada tabiiy gazdan uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, 26 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar, “Hududgaz Poytaxt” GTF "Sergelitumangaz" ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanning "Olchazor" MFY Shokirariq ko‘chasidagi o‘rta bosimli yer usti gaz quvurini yer ostiga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.  

Shu munosabat bilan ushbu ko‘chadagi 296 ta yerli aholi xonadonlari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 26 noyabr kuni Uchtepa tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Sergeli tumani

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made