Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvi yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv Istanbulda yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda. Uchrashuvga ommaviy axborot vositalari xodimlari kiritilmagan. 

Avvalroq, uchrashuv kun tartibiga kiritilmagan masalalar o‘zgargani haqida xabar bergan edik. Manbalarning qayd etishicha, Prezidentlar uchrashuvida Eron-AQSH munosabatlari birinchi o‘ringa chiqqan. Jumladan davlat rahbarlari Suriya va Liviya masalasini ham muhokama etadilar. 

Ayni vaqtda Prezidentlarning uchrashuviga jurnalistlarning kiritilmagani qator e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Boisi, dunyo davlat rahbarlarining Eron-AQSH masalasidagi munosabati va pozitsiya qandayligini ochiqlashini kutmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin kecha, 7 yanvar kuni Suriyaga borib, Prezident Bashar Asad bilan uchrashgan edi. 

Putin “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etish uchun ishchi tashrif bilan Turkiyaga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Turkiya Eron-AQSh

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing