Yo‘lda uxlab yotgan mast piyodani avtomobil bosib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 may kuni soat 04:00 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tgan 4R-48 “Zarafshon-Xatirchi” avtomobil yo‘lining 151-km.da yuz bergan baxtsiz hodisada piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB ma’lum qildi.

Haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan F.B. (erkak) Nexia rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning qatnov qismida mast holda uxlab yotgan piyoda, 1964 yilda tug‘ilgan U.O.ni ustidan bosib o‘tib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 56 yoshli U.O. (erkak) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing