IIV tizimida olti nafar yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining kecha, 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Alisher Miritdinovich Arslonov Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Kotibiyat boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Alisher Arslonov Tashkiliy departament murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi murojaatlarni turkumlashtirish va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Rustam Ergashovich Ro‘ziyev Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Rustam Ro‘ziyev Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ma’ruf Qobiljonovich Shermuhamedov Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ma’ruf Shermuhamedov Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sherzod Xidirnazarovich Tog‘ayev Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sherzod Tog‘ayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Elmurod Azatbekovich Sultanov Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Elmurod Sultanov Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Navro‘z Zokirjonovich Amanbayev Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Navro‘z Amanbayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing