Ronaldu koronavirusga qarshi kurashishga kirishdi

Olam

image

Krishtianu Ronaldu Portugaliyada joylashgan mehmonxonalarini koronavirus bilan kasallanganlar joylashgan shifoxonaga berishga qaror qildi. Futbol yulduzining aytishicha, bu shifoxonadagi joy masalasini hal qilishga yordam beradi. Bu haqda kecha, 15 mart kuni Marca nashri xabar qildi.

Sportchi koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilgan. U shifoxonalar ishini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur xarajatlarni, shu jumladan, tibbiyot xodimlariga ish haqini to‘lashga tayyor.

Ronaldu hozir o‘z uyida karantinda. U Portugaliyaga singlisining tug‘ilgan kuni uchun kelgan edi. Shundan so‘ng, uning "Yuventus"dagi jamoadoshi Daniyel Ruganida COVID-19 virusi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Ranaldu, safdoshi kasallangani haqidagi xabar tufayli, Italiyaga qaytib ketishni kechiktirishga va Madeyra shahridagi villasida qolishga majbur bo‘ldi.

Hozir Portugaliyada koronavirus bilan kasallanganlar 245 kishini tashkil qilmoqda. Biroq, bu raqam ko‘payishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 169 717 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 6 518 kishi vafot etgan. Bemorlardan 5 921  nafari yoki 7 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 77 776 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

773

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing