Angliya chempionati 30 apreldan boshlanadi

Sport

image

Kecha, 27 mart kuni Angliya Premer-ligasi, Angliya futbol ligasi va Angliya Professional futbol uyushmasi vakillari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazishdi.

Muzokara davomida tomonlar koronavirus pandemiyasining jiddiyligini muhokama qilishdi va mavsumni to‘xtatib qo‘yishning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

Xabar qilinishicha, tashkilotlar 30 aprelga qadar o‘z ishlariga qaytishga qaror qilishgan. Barchasi xavfsiz bo‘lganda musobaqalar davom ettiriladi.

Ma’lum qilinishicha, keyingi uchrashuvlar kelgusi haftada ligalar, klublar, futbolchilar, xodimlar va muxlislar duch keladigan qiyin sharoitda qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Buyuk Britaniyada 14 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlangan, 759 kishi virusdan vafot yetgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 590 506 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 26 952 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 132 471 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya chempionati

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar