Koronavirusni ko‘rganmisiz? COVID-19 suratga olindi

Olam

image

Olimlar rus bemorlaridan olingan yangi SOVID-19 koronavirusi namunalarining birinchi rasmlarini nashr etishdi. Bu haqda Rossiyaning “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi matbuot xizmati xabar berdi.

“Suratlar JEM-1400 elektron mikroskopi yordamida olingan. Suratdan ko‘rinib turibdiki, viruslarning o‘lchami 100-120 nm (nanometr)ni tashkil qiladi”, deydi olimlar.

Eslatib o‘tamiz, hozirda bir qancha davlatlar koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib bormoqda. Xususan, Rossiya ushbu virusga qarshi vaksina ustida sinovlar boshlab yuborgan. Rossiyalik olimlarning xabar berishicha, ular virusning gen kodini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 250 625 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 10 256 kishi vafot etgan. Bemorlardan 7 443 nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 89 048 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus

Baholaganlar

1368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing