Iste’mol muddati o‘tgan 30,8 mln so‘mlik saryog‘ mahsulotini sotayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. YATT “A.B”ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Z-T” MCHJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 22.450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, “I-F” MCHJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg. sariyog‘ “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd so‘mlik jami 23.625 kg iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing