JSST Trampning ultimatumiga javob qaytarilishini va’da berdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Fadela Shaibning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot AQSH Prezidenti Donald Trampning ultimatumiga javob beradi. Uning so‘zlari NSN tomonidan keltirilgan.

Shaibning aytishicha, u Oq uy rahbarining xatini ko‘rgan. Ammo bugunga qadar unga hech qanday munosabat bildirilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda JSST Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining kun tartibini tayyorlamoqda.

AQSH Prezidenti Donald Tramp JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga maktub yo‘llagani, unda tashkilot keyingi 30 kun ichida “sezilarli yaxshilanishni“ o‘z zimmasiga olmasa, jiddiy choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida yozilgan edi.

Davlat rahbari tashkilot “Xitoydan mutlaqo ozod” ekanligini namoyish etishi, aks holda, “moliyaviy mablag‘larini doimiy ravishda muzlatib qo‘yish va ushbu tashkilotga a’zoligimizni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishi” haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing