Toshkent viloyatiga qoʻshimcha 500 mlrd mablag‘ ajratiladi

Jamiyat

image

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Toshkent viloyatiga қўшимча 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Oldinroq, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgani haqida ma’lum qilingan edi.

“Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda яна 100 milliard so‘m ajratish chorasini ko‘rsin”, dedi Prezident.

Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam ta’minlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi bo‘yicha topshiriq berildi.

“Farg‘onada 4 million аҳоли яшайди. Toshkent viloyatida 3 million. Birorta hokim chiqmadi: Bizga яна 3 milliard so‘m kredit ажратинг, deb” dedi davlat rahbari yig‘ilishda.

Yig‘ilishda umumiy miqdorda Toshkent viloyatiga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.

“Qo‘shimcha Toshken viloyatiga:

-    yo‘l qurilishi uchun - 100 mlrd. so‘m;
-    maktablar uchun - 200 mlrd. so‘m;
-    sog‘liqni saqlash tizimiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 

Bugunning o‘zida 170 mlrd. tushadi, ish bugundan boshlanadi”, deya ta’kidladi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoyev

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing