Nigeriyada yashirin ravishda koronavirusni davolayotgan shifoxonalar yopiladi

Olam

image

Nigeriyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar yashirin davolanadigan xususiy tibbiyot markazlari va shifoxonalar yopiladi. Bu haqda Nigeriya hukumati ma’lum qildi.

“Mamlakatning ba’zi badavlat odamlari koronavirusga chalinsa Kasalliklarni nazorat qilish markaziga xabar berishning o‘rniga, xususiy klinikalarga murojaat qiladi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu masala Nigeriya Prezidenti Muhammad Buxoriy​ boshchiligidagi COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruhining kundalik brifinglarida bir necha bor ko‘tarilgan. Ulardan birida Nigeriya Sog‘liqni saqlash vaziri yuqumli kasalliklarni davolash uchun xususiy muassasalar COVID​-19 kasalligini davolash uchun maxsus akkreditatsiyadan o‘tishi kerakligini aytdi.

Hukumat hisobotiga ko‘ra, ushbu qoidalarni e’tiborsiz qoldirishda davom etayotgan klinikalar tufayli koronavirus ba’zi viloyatlarga keng tarqalishi mumkin. Shuningdek, koronavirusni yashirin davolashga urinish tibbiy xodimlar va boshqa bemorlar uchun xavfli ekani aytilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nigeriyada koronavirus bilan bog‘liq 542 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 166 nafari sog‘aygan, 19 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 357 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Nigeriya

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar