Serxio Ramos: “Bor e’tiborimni “el-klassiko”ga qaratganman”

Sport

image

Madridning “Real” klubi futbolchisi Serxio Ramos YeCHL 1/8 final bosqichi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z mag‘lubiyat, El-klassiko haqida gapirdi. Qayd etishicha, u bor vujudi bilan El-klassiko haqida o‘ylayapti. 

“Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tgan qiyin uchrashuvdan so‘ng, oldinda ikkita yo‘lni ko‘ryapman. Birinchisi, kechagi uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘ylash, ikkinchisi mag‘lubiyatni unutib, oldinda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish. Men ikkinchi yo‘lni tanlayman. Aqlim va yuragim bilan “el-klassiko” haqida o‘ylayapman”, deydi “Real Madrid” klubi futbolchisi Serxio Ramos

Eslatib o‘tamiz, La liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1 mart kuni soat 01:00da boshlanadi.  

                                    Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Serxio Ramos Real Madrid

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing