Ayrim o‘qituvchilar maoshiga 50 %gacha qo‘shimcha haq to‘lanadi – Hukumat qarori

Jamiyat

image

Kecha, 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab:

•    39 ta nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi;
•    ushbu tillar bo‘yicha o‘qituvchilar  “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan xorijga malaka oshirishga yuboriladi;
•    tillar bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan OTMlarda ehtiyojga qarab qabul kvotalari oshiriladi;
•    maktablarda ota-ona va o‘qituvchilar istagidan kelib chiqib nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys yoki xitoy tili ikkinchi til sifatida joriy etiladi;
•    mutaxassislar 2020-2021 o‘quv yilida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha bepul qayta tayyorlovdan o‘tadi.

Shuningdek, Germaniyaning Kett nashriyotida chop etilgan nemis tili darsliklari maktablar darsliklari qatoriga qo‘shiladi.

Maktablarga yapon tili o‘qituvchilarini jalb qilish uchun lavozim maoshiga 50 foizgacha qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing