JSST koronavirus o‘chog‘i Uxan bozori bo‘lganiga ikkilanish bilan qarayapti

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning paydo bo‘lganiga shubha bilan qaramoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Bu fikrlarni JSSTning yuqumli infeksiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Piter Ben Ebarek Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, koronavirusning tarqalishida bozor aniq rol o‘ynagan, ammo bu joy manba bo‘lgan deyish noto‘g‘ri.

Ebarek, xaridor yoki sotuvchilardan biri infeksiyani bozorga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi. Infeksiya shundan so‘ng aholi orasida tarqaldi.

Ilgari shunga o‘xshash fikr AQSH rasmiylari tomonidan bildirilgan edi. Ammo Amerika rasmiylari koronavirus Uxandagi virusologiya laboratoriyasidan bozorga tarqatilgani haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Uxan'

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing