2020-2021 o‘quv yiliga darsliklar uchun ijara to‘lovi miqdori belgilandi

Jamiyat

image

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlarini hisoblash tizimini soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftariga yagona ijara to‘lovi - 2200 so‘m miqdorida joriy qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

To‘plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi.

2020-2021 o‘quv yiliga ta’lim olib borilayotgan tillar kesimida darslik to‘plami uchun  ijara to‘lovi miqdorlari quyidagi havolada:

O‘zbek tili

Rus tili

Qozoq tili

Qirg‘iz tili

Turkman tili

Tojik tili

Qoraqalpoq tili

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovini amalga oshirish muddati 10 oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur to‘lovning 50 foizi 10 oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30 noyabrgacha to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash tartibi o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab darslik

Baholaganlar

183

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing