Butun Xitoyda itlarni yeyish taqiqlandi

Olam

image

Itlar Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yeyiladigan hayvonlar ro‘yxatidan rasman chiqarildi.  Ushbu qaror mamlakatda koronavirus tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda, deb yozadi “Reuters” axborot agentligi.

Vazirlik chorva deb tan olingan hayvonlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida – yirik shoxli qoramollar, cho‘chqalar, parrandalar, tuyalar ham bor.

Joriy yilning aprel oyida Xitoyning Shenchjen shahri hokimiyati it va mushuklarning go‘shtini yeyishni taqiqlagan edi. Ushbu taqiq 1 maydan kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, ilgari itlar va mushuklarning go‘shtini yeyishga taqiq butun Xitoy bo‘ylab bo‘lmagan. Masalan, Gonkongda it va mushuklarni ovqat uchun o‘ldirish olti oygacha qamoq va 640 dollar jarima bilan jazolanadi.

Xitoyning Yuylin shahrida esa har yili it go‘shtini sevuvchilarning festivali o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made