Energetika vazirligi “Cengiz Holding” kompaniyasi bilan yangi hujjatni imzoladi

Jamiyat

image

Energetika vazirligi hamda “Cengiz Holding” kompaniyasi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha ikkinchi hujjatni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov “Cengiz Holding” kompaniyasi ta’sischisi va boshqaruvi raisi Mehmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiya bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda Turkiyaning “Cengiz Enerji Sanayiive Ticaret A.Ş.” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 240 MVt bo‘lgan kombinatsiyalashgan issiqlik elektr stansiyasining qurilishi masalalari bilan bog‘liqdir.

Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Quyimozor suv ombori yaqinidagi hudud ushbu kombinatsiyalashgan issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun tanlangan. Tabiiy gazda ishlaydigan IES AQSHning “General Electric” kompaniyasida ishlab chiqarilgan gaz turbinasi va Germaniyaning “Siemens” kompaniyasida tayyorlangan bug‘ trubinasini o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlash kerakki, rejalashtirilayotgan IES hududda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan birga magistral elektr tarmoqlari orqali energiya yetkazib berishda yo‘l qo‘yiladigan texnik yo‘qotishlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakunda ikki tomon o‘rtasida quvvati 240 MVt bo‘lgan IES qurilishini loyihasini davlat-xususiy sherikchilik asosida qurish bo‘yicha bitim imzolandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 fevral kuni tomonlar “O‘zbekiston Respublikasining Buxoro viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan IES qurish loyihasini amalga oshirish” bo‘yicha bitim ham imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Alisher Sultonov

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made