Endi jarimalarni vaqtliroq to‘laganlarga chegirma beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 mayidan boshlab O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima chegirma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made