AQSH fuqarolarga koronavirus sabab 500 milliard dollar tarqatmoqchi

Olam

image
AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda  north_east

AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda 

AQSH G‘aznachilik boshqarmasi COVID-19 sabab fuqarolarga 500 milliard dollar naqd pul tarqatishni taklif qildi. Bu haqda "NBC New York" xabar berdi.

Bu pulni 6 apreldan 18 maygacha 250 milliard dollardan ikki marotaba tarqatish taklif etilgan. Bunday holda beriladigan pullar soliq to‘lovchilarning daromadlari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan tashqari, boshqarma kichik biznesga kredit ajratish uchun 300 milliard dollar, koronavirusdan zarar ko‘rgan iqtisodiyot tarmoqlariga 150 milliard dollar va aviatashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 50 milliard dollar ajratishni taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirus bilan zararlanganlar 9 464 kishini tashkil etadi. Hozirgacha 155 nafar kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing