Endi Prezident maktablariga kirolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.  

Kirish imtihonlari natijalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim oladi.  

“Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon Prezident maktablari ixtisoslashtirilgan maktablar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing