Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat berilishi rostmi? XTV murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda tarqalgan “Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi” mavzusida maqolalarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi raddiya bilan chiqdi. 

Unda shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida umumiy o‘rta ta’limning majburiy ekanligi belgilangan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi va umumiy o‘rta ta’limning majburiy ekanligi inobatga olib maktablarga o‘quvchilar 18 yoshgacha jalb etiladi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim olish huquqini ta’minlash va ta’limning keyingi bosqichini davom ettirishiga imkoniyat yaratish maqsadida voyaga yetib, maktab yoshidan oshgan, turli sabablarga ko‘ra maktabni yakunlay olmagan yoki majburiy ta’limga jalb etilmay qolgan 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish huquqi beriladi. Yakuniy attestatsiyalarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolargagina belgilangan tartibda ma’lumot to‘g‘risida hujjat (shahodatnoma) beriladi.

Bu haqida Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 13 apreldagi “Eksternat to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 9-mh-sonli buyrug‘i (Adliya vazirligidan 2670 11.05.2015 yil ro‘yxatdan o‘tgan ) qabul qilingan.

Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi keng jamoatchilikka umumiy o‘rta ta’limning majburiyligini yana bir bor eslatib o‘tadi. OAV vakillarini noto‘g‘ri ma’lumotlarni chop etmaslikka chaqiradi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing