Emmanuel Makron Shengen hududini qisqartirishni taklif qildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Shengen hududini qisqartirishni taklif qildi. Bu haqda u matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Figaro”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa migratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak, negaki, umumiy chegaralar, Shengen va Dublin kelishuvlari amal qilmay qo‘ygan. Shengendan chiqarilishi kerak bo‘lganlar sifatida migratsiya masalasida rasmiy Bryussel bilan yetarlicha hamfikr bo‘lmagan mamlakatlar ko‘rsatildi.

Makron davlatlar chegarasi tufayli mavjudligini qayd etdi.

“Ochiq qolish uchun chegaralarga ega bo‘lish kerak. Chegaralarni himoya qilish uchun Shengen kelishuvini isloh qilish zarur, maylin kamroq davlat bilan bo‘lsa ham”, degan Makron.

Yevropada migratsiya inqirozi 2015 yilda avj oldi. Ba’zi davlatlar qochoqlar oqimini ushlab turishni taklif qildi va migrantlar uchun kvotaga qarshi chiqdi. Shunga qaramay, Germaniya maksimal darajada qochoq migrantlarni qabul qildi va hozirgacha mamlakatda 1,5 mln odam qo‘nim topdi. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Italiya eng ko‘p qochoqni kiritgan. Dengiz orqali ushbu mamlakatga 119 ming odam kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropada amaldagi migratsiya siyosatiga qarshilar davlatlar qatoriga Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiyani kiritish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Shengen hududi Emmanuel' Makron

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing