Chelyabinskdagi ommaviy qotillikni amalga oshirgan shaxs hibsga olindi

Jamiyat

image

Chelyabinsk viloyatidagi xususiy turar-joy binosida sodir etilgan besh kishini, shu jumladan 4 yashar bolani vahshiylarcha o‘ldirishda gumon qilingan shaxs mahalliy aholi vakili edi, deya xabar beradi Rossiya 
Tergov qo‘mitasi. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 4 may kuni Nyazepetrovsk shahridagi turar-joy binosida to‘rt nafar kishi va to‘rt yoshli bolaning pichoq bilan jarohatlangan jasadlari topilib, jinoiy ish ochilgan.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xonadonda nogironlar aravachasida yana bir bola topilgan bo‘lib, u tirik bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi shaxs Rossiya federatsiyasi Jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasi bo‘yicha hibsga olingan.

“Tergov qo‘mitasi va militsiya xodimlarining tezkor ravishda olib borayotgan tergov harakatlari tufayli jinoyatda gumonlangan shaxch tezda aniqlanib, qotillikka aloqadorligi tekshirilmoqda” – deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing