Yozda “Inter”da murabbiy almashadi

Sport

image

Joriy yilning yozidan boshlab Milanning “Inter” klubini Antonio Konte boshqaradigan bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konte Italiya klubi taklifini qabul qildi. Bundan tashqari, mutaxassis argentinalik hujumchi Mauro Ikardini sotib yuborishga ruxsat bergan. Konte Ikardi o‘rniga “Roma” forvardi Edin Jekoni olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli Konte yozda “Chelsi” bilan shartnomasini bekor qilgan edi. Ayni damda “Inter”ni Luchano Spaletti boshqarmoqda. Uning jamoa bilan ko‘rsatayotgan natijalari klub rahbariyatini qoniqtirmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing