Elis Uells sobiq prezident o‘margan pullarni qaytarish bo‘yicha tadbirda qatnashadi

Olam

image

Avvalroq, AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari, elchi Elis Uells O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik. AQSHlik amaldor xonim Toshkentgacha Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘ladi. Bu haqda AQSH elchixonasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

“Bishkekda elchi Uells hukumatning yuqori lavozimli mulozimlari bilan uchrashadi hamda talabalar va o‘qituvchilar bilan ko‘rishish uchun Markaziy Osiyodagi Amerika universitetiga boradi. Shuningdek, u sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev oilasi o‘margan 4,6 million dollar mablag‘ni qirg‘iz xalqiga qaytarish bo‘yicha hukumatlarimiz olib borayotgan muvaffaqiyatli qo‘shma sa’y-harakatlarni nishonlash uchun Qirg‘iziston Respublikasi Moliya vaziri Baktigul Jeyenbayeva bilan bo‘ladigan ommaviy tadbirda qatnashadi”, deyiladi AQSH elchixonasi tomonidan yetkazilgan xabarda.    

Qirg‘izistondagi tadbirlardan so‘ng, davlat kotibi yordamchisi birinchi o‘rinbosari Uells Toshkentga otlanib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan birgalikda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazish maqsadida AQSH hukumati idoralararo delegatsiyasiga boshchilik qiladi. U global va mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni, iqtisodiy va savdo kelishuvlari, inson huquqlari va diniy erkinliklar hamda sud islohoti, xalq ta’limi va xotin-qizlar huquqi bo‘yicha AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni muhokama qilish uchun O‘zbekiston hukumati yuqori lavozimli vakillari bilan uchrashadi. 

Bu Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik sohasida yangi davrni ochib bergan, Prezident Mirziyovning 2018 yil may oyida Vashingtonga qilgan tarixiy tashrifidan so‘ng o‘tkazilayotgan birinchi yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘ladi.    

“Qo‘shma Shtatlar Prezident Mirziyoyevning islohot dasturlari hamda ikki xalq o‘rtasidagi kuchli ikki tomonlama aloqalarning rivojini qo‘llab-quvvatlar ekan, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanib boradi, deb umid qiladi”, deyiladi elchixona xabarida. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Elis Uells

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made