Shavkat Mirziyoyev Nukusga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
10117Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
Safar davomida, shuningdek, bunyodkorlik ishlari, yangi korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi