Kannavaro: “Kasilyas, sen prezident bo‘lasan”

Sport

image

"Real Madrid" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro "Qirollik klubi" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas haqida fikr bilirdi. 

"Iker sen Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lasan, men esa "Real Madrid" bosh murabbiyi bo‘laman. Zidanni tabriklash kerak. U jamoani yaxshi boshqara oladi, futbolchilarni tushunadi va muxlislar bilan suhbatlashib turadi. U ajoyib inson.  Zidan barchasini a’lo darajada bajarmoqda", deya izoh qoldirdi Kannavaro.

Ma’lumot o‘rnida, Iker Kasilyas 2015 yili "Real Madrid" jamoasidan Portugaliyaning "Portu" klubiga ko‘chib o‘tgan va joriy yilda professional faoliyatini yakunlagan. 

Fabio Kannavaro 2006 yildan 2009 yilga qadar Iker Kasilyas bilan bir jamoada faoliyat olib borgan. Fabio 2006 yili jahon chempioni bo‘lgan va yilda bir marotaba taqdim etiladigan "oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Iker Kasil'yas Real Madrid Fabio Kannavaro

Baholaganlar

107

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing