Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Nizomga muvofiq, bir qator qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oromgohlar, tahririyatlar, “Mehnibonlik” uylari Vazirlik tarkibiga kirishi belgilandi.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish Vazirlikning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Nizom bilan Vazirlik hamda uning hududiy boshqarma va bo‘limlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.

Vazirlikka Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazirning besh nafar o‘rinbosari, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri va hududiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish bevosita Vazir tomonidan davlat hokimiyati organlari roziligisiz amalga oshiriladi.

Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing