Namanganlik qiz ikki erkakni do‘pposladi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida yashovchi 23 yoshli qiz o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan yigitlarni do‘pposladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 25 iyun kuni soat 17:30 da 23 yoshli G.A. (qiz) Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida bezorilik qilgan. Qiz hech bir sababsiz 33 yoshli U.A. (erkak) ni qasddan qo‘llari bilan urgan va oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

1997 yilda tug‘ilgan G.A. o‘zining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirgan. Qizning bezorilik harakatlarini oldini olishga harakat qilgan 30 yoshli A.N. (erkak) ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘llari bilan qasddan bir necha marotaba musht tushurgan.

Ushbu holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

693

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing