Toshkent-Istanbul yo‘nalishida qo‘shimacha reys qo‘yildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 iyul kuni Uzbekistan Airways avikompaniyasi “Toshkent-Istanbul-Toshkent” qo‘shimcha charter reysni amalga oshiradi.

Reys jadvali:

Toshket-Istanbul 

Uchish 15:00, qo‘nish 19.50 (mahalliy vaqt bilan, Anqarada to‘xtab o‘tiladi)

Istanbul-Toshkent 

Uchish 21.20, qo‘nish 03.50+1 (mahalliy vaqt bilan).

Toshkent-Istanbul yo‘nalishi uchun aviachiptalarni aviakompaniya filialining markaziy sotuv ofisidan ("Uzbekistan Airways Sales") soat 10:30 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatda turish orqali xarid qilish mumkin. 

Bunda yo‘lovchining shaxsan o‘zi hujjatlarining asl nusxasi bilan kelishi shart:

O‘zbekiston fuqarolari uchun – Pasport va uchish uchun asos.

Xorij fuqarolari uchun – Pasport;

Istanbul-Toshkent yo‘nalishiga chipta xarid qilish uchun O‘zbekiston respublikasining Istanbuldagi bosh konsulligiga murojaat qilish mumkin.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalar qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat qilmaslik so‘raladi. 


Maqola muallifi

Teglar

reys Toshkent-Istanbul

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing