Tixanovskaya Yevropa kattalarini Lukashenkoning g‘alabasini tan olmaslikka chaqirdi

Olam

image

Belorusiya prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa rahbarlarigdan 9 avgust kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmaslikni so‘radi. 

"Sizni soxta saylov natijalarini qabul qilmaslikka chaqiraman", deydi YouTube’da joylashtirilgan videomurojaatida. Murojaat ingliz tilida qilingan. 

"Mamlakatda tinch yo‘l bilan hokimiyat almashinuviga yordam berish uchun men Belarus Milliy Muvofiqlashtirish Kengashini tuzish tashabbusini ilgari surdim. Bu esa hokimiyatni tinch yo‘l bilan qo‘lga olish jarayonini boshqaradi", deya qo‘shimcha qildi u. 

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, "kengash darhol xalqaro nazorat ostida yangi, adolatli va demokratik prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga kirishadi". Shuningdek, u Yevropa mamlakatlari rahbarlarini "xalqaro huquq prinsiplariga, Belarus suvereniteti va Belarus xalqining tanloviga hurmat ko‘rsatishga" chaqirdi. 

Tixanovskaya hozirda Litvada. Uning murojaati bugun, 19 avgust kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan Belarusdagi vaziyat bo‘yicha YeIning favqulodda sammiti arafasida e’lon qilindi. 

Kecha, 18 avgust kuni Belarus Milliy Muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi. U 70 muxolifat vakillaridan iborat. Kengashning maqsadi respublikada hokimiyatning tinch yo‘l bilan qo‘lga olinishiga ko‘maklashishdir. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Muxolifat Muvofiqlashtirish Kengashining tuzilishini hokimiyatni egallab olishga urinish deb atadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing