Toshkentdagi xalqaro Forumda 50 davlatdan 450 nafar mehmon ishtirok etadi 

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov, USM Holdings asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari A.Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri V.Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari I.Umaxanov ishtirok etadi. 

Toshkentda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V xalqaro forumini Toshkent shahrida o‘tkazilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda  Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti rektori, akademik Anatoliy Torkunov so‘zga chiqdi. 

– “Biz universitet bitiruvchilarining beshinchi forumini Toshkent shahrida o‘tkazyapmiz. Bu forumni boshqa davlatda o‘tkazish bo‘yicha chet ellik bitiruvchilarimiz tomonidan ko‘p bor taklif berilgan. Ular shunday taklif bergani uchun xursandmiz avvalo, lekin biz aynan shu yerda o‘tkazishimizning sabablari ko‘p. Sababi davlatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ta’lim bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat. Ikkinchi sababi O‘zbekistonda bizning ko‘plab bitiruvchilarimiz ish faoliyatini yuritmoqda. Biz aynan Toshkentda ilk  filialimizni ochyapmiz”, dedi Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti rektori, akademik Anatoliy Torkunov. 

Ma’lumot uchun, ushbu Forum 19 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda institutning bitiruvchilari, biznes, fan va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligidagi manbaning xabar berishicha, ushbu Forumda 50 davlatdan 450 nafar mehmon ishtirok etadi. Forum mehmonlari qadimiy Samarqand shahriga borishi ham kutilmoqda. 

Tadbirni MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari M.Gusman olib borishi kutilmoqda.

Joriy yil 11 ferval kuni «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilingan edi. 

Ushbu filialda biznes-informatika, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish, xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj, xalqaro savdo va moliya huquqi va xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.. 

Filial O‘zbekiston va Rossiya qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Barcha darajadagi ta’lim dasturlari rus va ingliz tillaridan tashqari qo‘shimcha chet tilini o‘qitishni ko‘zda tutadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing