OTMga kirish huquqini beruvchi sport musobaqalar ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumla’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz faqat sportning olimpiya turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qaror olimpiada

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing