Qozog‘istonda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Olam

image

27 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda viloyatida mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida 13 nafar odam bo‘lgan.

Vertolyot yerga qulab tushgach, butkul yonib ketgan. Halokat sababi hozircha aniq emas. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ma’lum qilishicha, ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan. Vertolyot harbiy o‘quv doirasida Oqtou-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan bo‘lgan.

Halokat sababini o‘rganish maqsadida maxsus komissiya tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing