Sement bo‘yicha bojxona imtiyozi bekor qilinadi

Jamiyat

image

2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma nashri xabar tarqatdi.

Malumot uchun, ro‘yxat prezidentning 2018 yil 17 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan, shu tariqa, imtiyoz 2018 yil 18 yanvardan qo‘llanilgan.
 
Bojxona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxatida sement, shu jumladan, sement klinkeri mavjud. 2019 yil 1 oktyabrdan sement chiqarib tashlanadi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.
 
Mazkur holatda imtiyozlar asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qo‘llanadi.
 
Hujjat joriy yilning 1 oktyabridan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

import

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing