Santander Silgado Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortdi

Sport

image

Professional boksda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov 15 mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq qarama-qarshilikka 2 kun qolganida raqib o‘zgargan. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga Jalolov amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi. Jang sanasi o‘zgarmagan. Bo‘lajak to‘qnashuvga Kaliforniya shtati mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing