Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining 29 aprelidagi qarori bilan “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operator bu soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun yuridik shaxslarga beriladigan maqom hisoblanadi. Mazkur institut 2019 yil 1 fevraldan joriy etilgan.

Soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning reyestri yuritiladi. 

Reyestrga kiritish uchun yuridik shaxslar Davlat bojxona qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. 

Reyestrga kiritish uchun bir qator mezonlar mavjud. Ulardan biri yuridik shaxs kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lishi lozim.

Ariza 30 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Operator va maxsus soddalashtirishlar “A” va “B” toifalarga kiradi. 

“A” toifadagi operatorga bojxona operatsiyalarni birinchi navbatda amalga oshirish, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va muddatini 20 kungacha kechiktirib, tovarlarni erkin muomalaga chiqarish kabi soddalashtirishlar beriladi.

“B” toifa operatorga esa bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va muddatini esa 60 kungacha kechiktirib, tovarlarni erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, nizom bilan operatorlarning huquq va majburiyatlari, ular ustidan monitoring yuritish tartibi ham belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing