Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq navbatdagi holat qayd etildi

Olam

image
O‘zbekistonda koronavirusdan ommaviy ogohlantirish boshlandi north_east

O‘zbekistonda koronavirusdan ommaviy ogohlantirish boshlandi

“Ishonmagin do‘stingga...” – Farg‘ona va Toshkentda koronavirus aniqlangani rostmi? north_east

“Ishonmagin do‘stingga...” – Farg‘ona va Toshkentda koronavirus aniqlangani rostmi?

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq navbatdagi holat aniqlandi. Qayd etilishicha, joriy yilning 29 fevral kuni mamlakatga kelgan Italiya fuqarosida COVID-2019 virusi aniqlangan. Bu haqda Koronavirus infeksiyasining oldinishi olish va nazorat qilish bo‘yicha tezkor shtab xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 2 mart kuni o‘tkir respirator virus infeksiyasidan og‘rigan bemor shifoxonaga murojaat qilgan. 

“Kasallik yengil klinik shaklda davom etmoqda. Uni sipmtomatik davolash amalga oshiriladi. Bemorning ahvoli qoniqarli”, deyiladi shtab axborotida. 

Qayd etilishicha, koronavirusni yuqtirib olgan bemor bilan muloqotda bo‘lganlar ham tibbiy nazorat ostiga olingan. 

Ma’lumot o‘rnida, bugungacha Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq to‘rtta holat qayd etildi. Kasallik ikki nafar Xitoy fuqarosida, Italiyadan qaytgan Rossiya fuqarosida va Rossiyaga kelgan italiyalikda aniqlangan. Yaponiya to‘xtab qolgan “Diamond Princess” kruizida esa uch nafar Rossiya fuqarosi koronavirusni yuqtirib olgan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 79 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Chili, Argentina, Ukraina, Tunis, Saudiya Arabistoni, Marokash, Latviya, Iordaniya, Armaniston, Andorra, Senegal, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Ayni vaqtda koronavirus bilan og‘riganlar dunyo miqyosida 95436 kishini tashkil etmoqda. Virus sabab qurbon bo‘lganlar soni esa 3286 taga yetdi, 53406 kishi esa ushbu virusdan davolanishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing